Jamiyat | 22:24 / 27.03.2017
11526
1 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligiga doir savollaringiz bormi? Yo‘llang!

2017 yilning aprel oyida “O‘zbekiston” telekanali orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi mutaxassislari va olimlari ishtirokida ochiq muloqot ko‘rsatuvi efirga uzatilishi rejyelashtirilmoqda. 

Kuzgi va bahorgi bug‘doyni suvli va lalmi maydonlarda yetishtirish agrotexnologiyasi, sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirish agrotexnologiyasi, ularning seleksiyasi, urug‘chiligi hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish choralari borasida savollarni mutaxassislarga yuborish imkoniyati taqdim etildi. Ular barcha savollarga aniq va batafsil javob berishadi. 

Savollarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid