Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov davlat xizmatçisining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlari uçun intizomiy jazoga tortildi.
Kun.uz 16 iyun kuni Mamatqulovga tegişli ekani aytilgan audioni e’lon qilgan edi. Audioda hokim ekani aytilayotgan şaxs davlatga ğalla topşiriş rejasini bajarmayotgan fermerlarni haqoratlayotganini eşitiş mumkin.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi 23 iyun kungi bayonoti bilan holatni rasman tasdiqladi.
Agentlik davlat xizmatçilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilişining oldini olişga qaratilgan işlarni muvofiqlaştiriş vakolati doirasida, Surxondaryo viloyati hokimligiga xizmat tekşiruvi ötkaziş va huquqiy baho beriş böyiça taqdimnoma kiritgan.
Taqdimnoma natijalariga köra, Muzrabot tumani hokimi A.Mamatqulovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazosi qöllangan.
Kun.uz'dagi ma’lumotlarga köra, voqea 15 iyun kuni hokimning xizmat xonasida röy bergan. Abdulla Mamatqulov ğalla topşiriş rejasini bajarmayotgan fermerlarni xonasiga töplab, ularni birma-bir haqoratlab çiqqan.
U gap orasida: “Nega sen uçun men gap eşitişim kerak?” degani – öz navbatida hokimning özi ham ğalla rejasi masalasida yuqoridan daşnom eşitayotganiga işora qiladi.
- Ma’lumot uçun, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda haqorat uçun BHMning 20 baravaridan 40 baravarigaça jarima jazosi nazarda tutilgan.
- Abdulla Mamatqulov Muzrabot hokimi lavozimiga 2025 yil may oyida tayinlangan. U bundan oldin asosan suv ta’minoti tizimida mas’ul lavozimlarda işlagan; bir muddat Bandixon tumani hokimi örinbosari bölgan.

















