Quva tumani hokimi Halimjon Umarov fermerni haqorat qilgani aytilmoqda. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, audioyozuvda Quva tumani hokimi Halimjon Umarov ekani taxmin qilinayotgan şaxs fermerlar bilan ötkazilgan yiğilişda ulardan birini haqorat qilgan. U yerni majburan topşirişga körsatma bergani eşitiladi.

“Ey sen, k.., gaplaşging kelmayaptimi men bilan? ...qa öyin qilyapsanmi? 3 kundan beri axtaraman seni, topilmaysan. ... tiqib qöyaymi hozir?! Tiqilging kelyaptimi?”, degan amaldor fermer bilan suhbatda.

Holat yuzasidan Farğona viloyati hokimligi axborot xizmati izoh berib, holatga aniqlik kiritiş uçun xizmat tekşiruvi tayinlanganini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uçun, Halimjon Umarov 2021 yil fevralidan Quva tumani hokimi lavozimida işlab keladi. Bungaça u Farğona viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölgan.

Avvalroq Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov ğalla topşiriş rejasini bajarmayotgan fermerlarni qöpol haqoratlab, hatto onasidan sökkandi. Holat öz tasdiğini topib, hokimga hayfsan berilgandi.