O‘zbekiston | 20:41 / 27.03.2017
39888
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Novzadagi ko‘prik qurilishi jarayonini videokuzatuv orqali nazorat qilgan

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahada qurilgan ko‘prik qurilishi jarayoni boshqa muhim obektlar qatori davlat rahbari tomonidan zamonaviy videokuzatuv tizimi orqali ham shaxsan nazoratga olingandi. Shavkat Mirziyoyevning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ushbu ko‘prik qurilishi jarayonining qisqa videoko‘rinishi havola etilgan.

Videolavhada kunlar davomida ushbu hududda olib borilgan qurilish ishlari lentada birma-bir muhrlanganini ko‘rish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev 25 mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish barobarida  Bunyodkor—Muqimiy chorrahasida qurilgan ko‘prikni ham borib ko‘rgandi. 

Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo‘lgan 6 polosali mazkur yo‘l o‘tkazgich haydovchilar va piyodalarga bir qancha qulayliklar yaratish maqsadida qurildi. Inshoot «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasiga qarashli «Ko‘prik qurilish tresti» quruvchilari tomonidan 2 oyda qurib bitkazildi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi barpo etilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid