Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq hisoboti va hisobvaraq-fakturada endi IFUT kodi aks ettirilishi darkor
Moliya vazirligi va DSQning «Soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 21.02.2017 yildagi 16, 2017-07-son qarori bilan soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
O‘zgartirishlar 2017 yil uchun taqdim etiladigan soliq hisob-kitoblariga taalluqli. 2016 yil uchun soliq hisoboti 2016 yilda amalda bo‘lgan shakllar bo‘yicha taqdim etilishi darkor.
Soliq hisobotlaridagi o‘zgarishlar asosan Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qarorining 15-bandi bilan bog‘liq. Chunki 2017 yildan e'tiboran alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan (mustaqil soliq to‘lovchi bo‘lmagan) yuridik shaxslar ushbu alohida bo‘linmalarning joylashgan joyi bo‘yicha ular uchun soliq to‘lashlari darkor. Masalan, agar Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs Samarqand shahrida alohida bo‘linmaga ega bo‘lsa, u mazkur bo‘linma bo‘yicha tegishli soliqlarni Samarqand shahri byudjyetiga to‘lashi darkor. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi 105-son Qarori bilan maxsus Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.
Alohida bo‘linmalarning joylashgan joyi bo‘yicha quyidagi soliqlarni to‘lash nazarda tutilgan: foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, JShDS, QQS, aksiz solig‘i, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq, YaST.
Mazkur turdagi soliqlarni to‘lash bilan birga yuridik shaxslar ular uchun alohida bo‘linmalarning joylashgan joyi bo‘yicha soliq organlariga soliq hisob-kitoblarini ham taqdim etishlari darkor. Shu munosabat bilan ushbu turdagi soliqlar bo‘yicha soliq hisobotlari shakllariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Shuningdek, 27.12.2016 yildagi O‘RQ-417-son Qonun asosida Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar munosabati bilan soliq hisobotlariga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Iqtisodiy faoliyat turlarining xalqaro tasniflagichiga o‘tilishi munosabati bilan (Vazirlar Mahkamasining 24.08.2016 yildagi 275-son Qarori asosida) soliq hisoboti shakllarida yuridik shaxsning asosiy faoliyat turida XXTUT kodi o‘rniga endi IFUT kodi aks ettirilishi darkor.
Mavzuga oid
17:19 / 16.10.2025
2026 yildan elektron hisobvaraq-fakturalar xavf darajasi bo‘yicha avtomatik baholanadi
11:31 / 27.08.2020
Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish tartibi tasdiqlandi
17:19 / 25.06.2019
DSQ: «Elektron hisobvaraq-fakturalar ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytiradi»
11:55 / 15.02.2019