Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma'muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 6 oktyabrdagi 807-son qarori ijrosi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida eksperiment o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha taklifi ma'qullanishi mumkin. Bunda:
2019 yil 1 apreldan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun;
2019 yil 1 oktyabrdan boshlab respublikadagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi joriy etiladi.
O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi davlat unitar korxonasini elektron hisobvaraq-fakturalarni markazlashtirilgan holda saqlanishi, operatorlararo uzatilishi va hisobi yuritilishi bo‘yicha vakolatli rouming operatori etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinishi mumkin.
Davlat soliq qo‘mitasi Yagona integratsiyalashtirilgan axborot-resurs bazasining hisoblash quvvatini kengaytirish uchun zarur server va telekommunikatsiya qurilmalari ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Moliya vazirligi tasdiqlangan qurilmalarni xarid qilish bilan bog‘liq mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Zaxira jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiradi.
Mavzuga oid
07:21 / 27.02.2026
Ko‘rinmas front: harbiy operatsiyalarni izdan chiqara oladigan elektron tizimlar
17:19 / 16.10.2025
2026 yildan elektron hisobvaraq-fakturalar xavf darajasi bo‘yicha avtomatik baholanadi
11:58 / 24.09.2025
Nogironlikni belgilash bo‘yicha yangi elektron tizim joriy etilyapti
07:40 / 04.08.2025