Jahon | 23:13 / 28.03.2017
5670
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq prezidenti kurdlar bilan muloqot olib borish zarurligini aytdi

Iroq tarkibida Kurdistonni faqatgina muloqot yo‘li bilan saqlab qolish mumkin, deb hisoblamoqda Iroq prezidenti Fuad Masum.

"Muloqot zarur, chunki Iroqdan ajralish sodir bo‘lsa ham, baribir muloqot zarur. Agar muammolar bo‘lsa, ular muloqot orqali hal qilinadi. Muloqot – bu asosiysi", deb aytgan Masum RIA “Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida

Masumning ta'kidlashicha, markaziy hukumat va kurd muxtoriyati hukumati o‘rtasidagi birdamlikni "muloqot yo‘li" bilan saqlab qolish mumkin.

Masum Bag‘dod va kurdlar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarga to‘xtalib, ularning sababi "neft va gaz siyosati masalalari" hisoblanishini aytdi.

"Bir nechta yechim mavjud, tomonlar muzokaralar stoli atrofiga o‘tirib, barcha savollarni muhokama qilishlari kerak. Biroq mustaqillik haqidagi gaplar boshqa, mustaqillik loyihasi esa boshqa masaladir", deb ta'kidlab o‘tdi Masum.   

Mavzuga oid