Jahon | 19:34 / 28.03.2017
5224
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Putin bilan munosabatlari a'lo darajada ekanligini aytdi

Foto: www.belta.by

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlarini a'lo darajada deb atadi. Bu haqda "BelTA" axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Bugun Rossiya haqida Putin va Lukashenko o‘rtasida vositachi kerak, deb gapirilmoqda. Tinchlaning – Vladimir Vladimirovich Putin bilan munosabatlarimiz a'lo darajada. A'lo", deb aytdi Lukashenko. 

Lukashenko Putin bilan uchrashuv rejalashtirilganini aytdi. 

"Bir vaqtni belgilab, uchrashamiz. Qandaydir muammolar bo‘lsa, hal qilamiz. Hech qanday vositachisiz hal qilamiz, bizga hech qanday vositachilik kerakmas. Biz qadrdon aka-ukalarmiz, talashadigan narsamiz yo‘q. Men unga hattoki bir marta, harbiy odamlar aytadigandek, balki vaqti kelib orqama-orqa turib, o‘q uzib himoyalanishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin, deb aytgandim", deb ta'kidlab o‘tdi Lukashenko.  

Avvalroq Lukashenko Putin u uchun hamkasb ham, do‘st ham emas, deb aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid