Jahon | 08:10 / 28.03.2017
4958
2 daqiqa o‘qiladi

Muxolifat Asadning Suriya yangi hukumatida bo‘lishi imkonsizligini aytdi

Suriya muxolifatining Muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mitasi o‘z nuqtainazarini o‘zgartirmadi. U Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatning muvaqqat hamda kelgusi hukumatida ishtirok etmasligi kerak, degan fikrda turibdi. Bu haqda MOQ vakili Salim al Meslet bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

«Biz aniqlik kiritishni xohlar edik. Asad Suriyaning muvaqqat va kelgusi hukumati tarkibida bo‘la olmaydi. Hech birimiz jinoyatchining hukumatda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — degan MOQ vakili.  

Shu bilan birga, MOQ rahbari Nosir Haririy Jyenevadagi muzokaralarda delegatsiya vakillari Asadning yangi hukumat tarkibida u yoki bu ko‘rinishda qolishiga rozilik bildirganlari to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi. 

Yanvar oyida Suriya delegatsiyasi rahbari Muhammad Allyush Suriya prezidenti Bashar Asadning vazifasidan ketishini talab qilgan edi. 

Suriya muxolifatiga ko‘ra, mamlakatda fuqarolik urushiga barham berish uchun siyosiy o‘tish jarayonini tashkil etish zarurligini aytib keladi. Bunda asosiy talab Bashar Asadning prezident lavozimidan ketishidir. Chunki, aynan uning va armiyasining harakatlari qon to‘kilishlariga olib keldi, oqibatda fuqarolik urushi boshlandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid