Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda namoyish. Politsiya xitoylikni o‘ldirdi, Xitoy protest yo‘lladi
26 mart kuni Parijdagi mahallalardan biriga chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiya xodimlariga pichoq bilan qurollangan erkak hujum qildi. Politsiya osiyolik bo‘lgan bu shaxs otib o‘ldirgan.
Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, bu Xitoy fuqarosi edi, Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin bu ma'lumotni tasdiqladi.
Parisien ma'lumotiga ko‘ra, politsiyachi o‘zini himoya qilish maqsadida bir marta o‘q uzgan, ammo ko‘krakka tekkan o‘q uning hayotiga nuqta qo‘ygan.
Ushbu hodisadan so‘ng, shaharda istiqomat qiluvchi xitoyliklar norozilik namoyishiga chiqdi. Aktsiyada 150 chog‘li kishi qatnashgan, 3 nafar politsiyachi jarohatlangan, pirotexnika vositalari qo‘llanishi oqibatida politsiya avtomobili zararlangan. Politsiya 35 kishini qo‘lga oldi.
Xitoy TIV ushbu hodisa yuzasidan norozilik protesti yo‘lladi.
"Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bu hodisaga jiddiy e'tibor qaratadi. Bu hodisa ro‘y berishi bilanoq vazirlik Fransiyadagi elchixonadan bunday holatda belgilangan zarur mexanizmni ishga tushirish va Fransiya tomoniga rasman norozilik protesti topshirishga ko‘rsatma berdi", degan Xitoy TIV vakili Xua Chunin. Uning so‘zlariga ko‘ra Xitoy Fransiyadan ushbu mamlakatdagi fuqarolarining xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralar qo‘llashni talab qiladi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026