Jahon | 17:31 / 28.03.2017
10083
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Bosh shtabi AQSh raketa-yadro tahdidini nimalarda ko‘rayotganiga oydinlik kiritdi

AQShning Yevropadagi raketalarga qarshi mudofaa inshootlari va Rossiya chegaralari yaqinida joylashgan raketali kemalari xavfsizlik uchun o‘ta yirik tahdiddir. Rossiya Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Viktor Poznixir RIA Novostiga shunday bayonot berdi

Sharqiy Yevropadagi RQM bazalari hamda kemalardagi o‘t ochish nuqtalari Rossiyaga kutilmaganda raketa-yadro zarbasi berish uchun keng imkoniyat taqdim etadi. Uning izoh berishicha, AQShning raketalarga qarshi jihozlangan kreyser va esminetslari bir vaqtning o‘zida Tomahawk qanotli raketalarini ham tashiydi. Ular 2,5 ming km masofadagi nishonni ura oladi. 

«Qora va Boltiq dengizlarida kemalarning patrullik qilishi Rossiyaning Yevropa qismidagi inshootlariga xavf soladi. Chunki, uchirish qurilmalariga aynan qanday qurol — raketalarga qarshi qurollarmi yoki qanotli raketalar joylashtirilgani bo‘yicha noaniqlik bor», — deb ta'kidlagan Poznixir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ruminiya va Polshadagi RQM bazalarida ham universal uchirish qurilmalari mavjud. Bundan tashqari, ularga qanotli raketalarni yashirincha va juda qisqa vaqt ichida joylashtirish mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid