Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Klintonning Rossiya bilan aloqalarini tekshirish taklifini ilgari surdi
AQSh prezidenti Donald Tramp vakillar palatasi qo‘mitasini Hillari Klinton va Demokratik partiyani ayrim boshqa a'zolarining Rossiya bilan aloqasini tekshirib ko‘rishga chaqirdi.
"Nima uchun vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi Bill va Hillarining bitimini o‘rganmayapti? Axir, shundan so‘ng, Uranium’ning sezilarli qismi Rossiyaga ketdi. Hillarining "qayta kuchaytirishi", uning Rossiyani maqtashi yoki Jon Podestaning Rossiya kompaniyasi nima uchun o‘rganilmaydi? Trampning Rossiya bilan aloqasi haqidagi xabarlarning hammasi esa to‘qimadir", — deb yozgan davlat rahbari Twitter sahifasida.
AQSh prezidenti fevral oyida o‘zining saylovoldi kampaniyasidagi raqibini Amerika uranining 20 foizini Rossiya berganlikda ayblagan edi.
Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Donald Trampni Rossiya bilan aloqadorlikda ayblagan edi. Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan so‘ng, bu mavzu yangicha tus oldi.
Mavzuga oid
22:53 / 11.05.2026
Putin ilk marotaba urush to‘xtashi mumkinligiga ishora qildi – CNN
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
10:42 / 11.05.2026
Armaniston Rossiyadan “kindigini uzyaptimi”?
08:52 / 11.05.2026