Reuters agentligining xabar berişiça, Bryusselda joylaşgan Euroclear depozitariysi Rossiya Markaziy bankiga qarşi Belgiya fuqarolik sudida da’vo arizasi kiritgan. Kompaniya şu orqali Rossiya Arbitraj sudining Euroclear zimmasiga taxminan 220 milliard yevro (18,17 trillion rubl) miqdorida tovon tölaş yuklangan qarorini ijro etilişining oldini olişni maqsad qilgan.

Euroclear vakili Yorgen Myulartning Reutersʼga ma’lum qilişiça, kompaniya Rossiyaning emas, balki Yevropa Ittifoqi sanksiyalari talablariga muvofiq harakat qilgan.

«Biz Rossiya sudlari Euroclear faoliyati böyiça yurisdiksiyaga ega emas, deb hisoblaymiz. Biz uçun faqat Belgiya sudlarining yurisdiksiyasi ahamiyatga ega», — degan u.

Joriy yil may oyida Moskva Arbitraj sudi Euroclearʼni Rossiya Markaziy bankiga aktivlar muzlatilişi oqibatida yetkazilgan zarar uçun 18,17 trillion rubl kompensatsiya tölaşga majbur qilgan edi.

Belgiyaning LʼEcho naşri ma’lumotlariga köra, mazkur iş böyiça Bryussel korporativ işlar sudida dastlabki eşituvlar 25 iyun kuni bölib ötgan.

Rossiya aktivlari muzlatilgan

Euroclear depozitariysida Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi tomonidan muzlatilgan Rossiyaning suveren aktivlarining asosiy qismi saqlanmoqda. Gap taxminan 190 milliard yevro haqida ketmoqda. Bu esa Yevropa mamlakatlarida muzlatilgan jami 260 milliard yevrolik Rossiya davlat aktivlarining katta qismini taşkil etadi.

2025 yil dekabr oyida Yevropa Ittifoqi uşbu mablağlarning muzlatilişini uruş yakunlangunga qadar muddatsiz davom ettiriş töğrisida qaror qabul qildi. Ilgari mazkur çeklovlar ma’lum muddatlarga uzaytirib kelinar edi.

Şuningdek, 2024 yildan buyon Euroclear muzlatilgan Rossiya aktivlarini boşqarişdan olinayotgan daromadlarni Ukrainaga körsatilayotgan moliyaviy yordamni qöllab-quvvatlaşga yönaltirib kelmoqda.