Abdulaziz Komilov Parijda uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 29 mart kuni Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida MEDEF International bosh direktori Filipp Gote bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.
MEDEF International hozirgi kunda 750 mingdan ziyod fransuz kompaniya va firmalarini birlashtirib turgan fransuz korxonalari harakati MEDEF’ning xalqaro bo‘linmasi hisoblanadi.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda O‘zbekiston—Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari borasida fikr almashildi.
Muzokaralar davomida Fransiya tadbirkorlarining O‘zbekistondagi sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishiga, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan keng miqyosli 2017—2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda o‘zaro manfaatli asosda ishtirok etishiga qiziqish bildirildi.
Shu mazmunda uchrashuvda MEDEF International yetakchiligida Fransiya biznes doiralari nufuzli delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda Toshkent shahrida qo‘shma biznes-forum o‘tkazish masalalarining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
08:31 / 14.11.2024
Parij prokuraturasi Marin Le Penga 5 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda
09:30 / 25.10.2024
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
22:36 / 24.10.2024
Parijdagi Notr-Dam soboriga kirish pulli bo‘ladi
19:07 / 13.09.2024