Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston maxsus kuchlar sonini ikki karraga oshirishni rejalashtirmoqda
Afg‘oniston hukumati mamlakat maxsus bo‘linmalari sonini ikki baravar oshirmoqchi. Hozirda, ularning soni 17 ming harbiy xizmatchini tashkil etadi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi mahalliy va g‘arb mulozimlariga asoslangan holda.
Xabarlarga ko‘ra, Afg‘onistonning 300 ming kishilik armiyasining uncha katta bo‘lmagan qismini tashkil etuvchi maxsus kuchlar mamlakatda olib boriladigan hujumkor amaliyotlarning 70 foizini bajaradi.
"Bizning maxsus bo‘linmalarimiz kuchaytirilishi va yaxshiroq jihozlanishi kerak", — degan mudofaa vazirligi vakili Davlat Vaziriy. U aniq raqamlarni keltirmagan, biroq maxsus bo‘linma armiya korpusi darajasiga yetkazilishini qo‘shimcha qilgan.
Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, gap ularning sonini ikki karra oshirish haqida bormoqda. Afg‘on hukumati, ayni vaqtda, xorijiy donor mamlakatlar bilan ushbu rejani loyihalashtirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026