Özbekiston milliy terma jamoasida bugungi kunda yuzaga kelgan vaziyat takror va takror qalam tebratişga undamoqda. Tribuna.uz saytida taniqli jurnalist Şuhrat Şokirjonov muallifligidagi navbatdagi maqolada terma jamoada kardinal özgarişlar amalga oşirişga çaqirilgan.

Jahon çempionati saralaşida Qatarga qarşi ötgan öta qiyin uçraşuvda ğalaba qozonişni epladik. Garçi, Suriyaga qarşi turgan tarkibdan Toşkentdagisi keskin farq qilsa-da öyin sifati öşa-öşaligiça qolganiga barça guvoh bölmoqda. Bu ğalaba alamli mağlubiyatdan söng açişayotgan yuraklarga malham böla oladimi? Arziydimi şunga?

Quyidagi postda şular haqida muşohada yuritiladi.

Öyin borasida çuqurroq töxtalib ham ötirmoqçi emasman, zero, arzimaydi: Qatarga qarşi ötgan öyinning taktik sxemasi öşa-öşa — futbolçilarimiz raqiblar karra-karra jadvalidek yodlab olgan pozitsiyalarda harakat qilişdi, buni barçangiz kördingiz. Faqatgina xavfli standart vaziyatdan urilgan golgina jonimizga ora kirdi.

Hozirga kelib, aniq-ravşan bölib qolayotgan narsa şuki, Malayziyada bölgan uçraşuvda heç qanaqasiga Suriyaga mağlub bölişga haqqimiz yöq edi. Qarang, Suriya bilan oramizdagi farq 4 oçkoni taşkil etmoqda. Bekorga eng yaqin ta'qibçi bilan böladigan öyinni 6 oçkolik öyin, deyişmaydi. Mana, yaqqol misol! Agar öşa öyinda ğalaba qozonişni eplay olganimizda oradagi farqi 10 oçkoni taşkil etar va bugungi kunda Suriya bizdan amalda yetib ololmaydigan darajada ortda qolgan bölardi. Bugun Özbekiston terma jamoasi JÇga töğridan-töğri çiqiş uçun yaxşiroq imkoniyatlarga ega bölib, eng kamida pley-off uçraşuvlarini naqd qilib turgan bölar edi.

Bularning barçasiga kim aybdor? Melakdagi stadionning yomon ahvoldagi çimi emas, har qalay?

Bir jihatga e'tiboringizni qaratmoqçiman. Babayan terma jamoa ruliga kelgaç, terma jamoa manfaati deb, jurnalistlarni, klublarni yiğib majlislar ötkazdi, aytiş lozim bölsa JÇga çiqiş uçun, kerak bölsa - unga xalaqit bermasliklari uçun, hammaning oldiga öz talablarini qöydi. Hattoki olimpiya terma jamoasiga ham özi rahbarlik qilib, Rio olimpiadasiga çiqişga urinib kördi. Nima bilan tugaganini kördik. 

Ammo bugungi kunda körib turibmizki, bugun futbolimizda umumiy tanazzul. Yoşlarimiz, ösimirlarimiz muntazam qatnaşib kelayotgan Jahon çempionatlaridan mosuvo, klublarimizda ham şu ahvol. Xalqaro maydonda tajriba oşirmayotgani vaji bilan yoş futbolçilarimizning milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilinişini mutlaqo körayotganimiz yöq. Terma jamoamiz esa saralaşda qatnaşayotgan 12 terma jamoasi içida eng qariya terma jamoa. Haligaça Qatar-2011 qahramonlari terma jamoamiz asosini taşkil etişmoqda. Maksim Şatskixni çaqiriş qolgan, xolos.