Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolçisi va hozirgi kunda murabbiylik faoliyati bilan şuğullanayotgan Çima Mişel Oneke Samvel Babayanning taklifiga köra Özbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar ştabida iş boşladi. Bu haqda ÖFF matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Milliy terma jamoada jarohatlar epidemiyasi tarqalganligi sababli, qolaversa, keyingi ikki öyinga yuqori jismoniy tayyorgarlik köriş maqsadida Samvel Babayan Rossiyaning “Anji” klubida Guus Hiddinkning ştabida işlagan Onekeni öz yordamçilari safiga qöşib oldi. U milliy terma jamoaning jismoniy tayyorgarliklar böyiça mas'ul murabbiyi bölib tayinlandi. Uning asosiy vazifasi milliy terma jamoa futbolçilarining jismoniy formasini qisqa vaqt içida yuqori çöqqiga olib çiqib, boş murabbiyga optimal tarkib bilan öynaş imkoniyatini yaratib berişdan iborat böladi.

42 yoşli Oneke asli nigeriyalik bölib, Gollandiya pasportiga ega va murabbiylik faoliyatining asosiy qismi Gollandiya bilan boğliq. Futbolçi sifatida Nigeriya terma jamoasi şarafini himoya qilgan. Gollandiyada 8 dan ortiq jamoada öynab, faoliyati davomida 65 ga yaqin gol urgan. Özbekiston terma jamoasida iş boşlaguniga qadar u Germaniyaning “Ştutgart” klubida jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy sifatida işlab kelayotgan edi.

Futbolçi sifatidagi faoliyatining oxirgi yillarini Gollandiya çempionatida ötkazgan Oneke tibbiyot böyiça oliy ma'lumotni Gollandiyada oldi. Fitness böyiça oliy darajadagi diplomni qölga kiritgan mutaxassis Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolçisi Roy Makaay, Rossiya terma jamoasining sobiq hujumçisi Aleksandr Kerjakov kabi futbolçilarning şaxsiy fitness murabbiyi sifatida iş boşladi.

2011 yilning iyulida u gollandiyalik Guus Hiddink va braziliyalik Roberto Karlos bilan birga Maxaçqal'aning “Anji” futbol klubida işladi. Öşa paytlarda “Anji” Rossiyaning eng kuçli uçligiga kirib, mamlakat Kubogining finaligaça yetib borgandi.

“Anji” loyihasi tugatilgaç, Oneke ham Rossiyani tark etadi. U 2013 yilda Gretsiyaning PAOK jamoasida fitness murabbiyi sifatida iş olib bordi. 2014 yilda PAOK jamoa boş murabbiyi maşhur Xub Stevensni iste'foga çiqarişi natijasida Oneke boş murabbiy vazifasini bajaruvçilardan biri bölib mavsumning oxirigaça PAOKda işlaydi. Mavsum yakunida PAOK Gretsiya çempionatida 2-örinni egallab, Gretsiya Kubogi finaliga çiqdi.