Qoraqalpog‘istonda xorijga ketgan 68 o‘quvchini o‘qishga qaytarish masalasi ko‘rib chiqildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi majlislar zalida Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev rahbarligida majlis bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.
Majlisda shahar va tuman hokimiyati huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tomonidan 2016 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalaridagi o‘quvchilarning davomati hamda 2016-2017 o‘quv yilida chet davlatlarga chiqib ketgan o‘quvchilarni o‘qishga qaytarish masalalari ko‘rildi.
Majlis davomida hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar keng tarzda muhokama qilindi. Barcha shahar va tuman IIB xodimlari tomonidan 2016 yil davomida ta'lim muassasalarida, mahallalarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 5712 marta uchrashuv kechalari, davra suhbatlari o‘tkazilganligi ta'kidlab o‘tildi xamda kelgusida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, majlisda O‘rta-maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalaridagi o‘quvchilarning davomati hamda joriy yilning mart oyiga chet davlatlarga chiqib ketgan 68 nafar o‘quvchilarni o‘qishga qaytarish masalalari haqida aytib o‘tildi. Ayniqsa, To‘rtkul tumanida chet davlatlarga chiqib ketgan o‘quvchi yoshlarning ko‘plab uchrayotganligi hamda o‘quvchilarning darslardagi davomati achinarli holda ekanligi qattiq tanqidga olindi va ushbu o‘quvchilarni o‘qish hamda yashash joylariga zudlik bilan qaytarish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli muassasalarga vazifalar belgilab berildi.
Mavzuga oid
14:09 / 07.10.2024
Namanganda o‘quvchilar ijaraga olingan Gentraʼda YTHga uchradi. Mashinani boshqargan o‘smir vafot etgan
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:42 / 23.09.2024
Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
07:40 / 17.07.2024