Qoraqalpoğistonning Möynoq tumani hududida yer ostidan otilib çiqqan gaz jilovlandi, deb xabar berdi «Özbekneftgaz».
26 iyul kuni «Özbekneftgaz»ga qaraşli yangi, loyihaviy çuqurligi 5000 metr bölgan 1-son izlov quduğida 4707 metr çuqurlik burğilanganda tösatdan tabiiy gaz otilib çiqqan edi.
Qayd qilinişiça, gaz otqinini bartaraf etiş uçun «Özbekneftgaz» AJ tomonidan tezkor ştab taşkil qilinib, tarkibiga Oçiq favvoralarni oldini oliş va bartaraf etiş böyiça xarbiylaştirilgan qism, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa mas’ul mutasaddi taşkilotlarning hududiy boşqarmalari hamda mahalliy hokimlikning mutaxassislari jalb etilgan.
Ştab tomonidan gaz otqinini bartaraf etişga qaratilgan «yöl xaritasi» işlab çiqilgan va işlar bosqiçma-bosqiç hamkor taşkilotlar kömagida amalga oşirilgan.
Ta’kidlanişiça, bugungi kun holatiga köra, «yöl xaritasi»dagi barça işlar malakali mahalliy mutaxassislar hamda maxsus texnika vositalari yordamida muvaffaqiyatli bajarilib, quduqni nazorat qiliş imkoni yaratilgan.
Qayd etilişiça, quduq turli baxtsiz hodisalar, talofatlarsiz jilovlangan. Murakkab şaroitdagi quduqni yopiş işlarini muvaffaqiyatli bajargani uçun 200 nafar işçiga taşakkurnoma va esdalik sovğalari topşirilgan.













