O‘zbekiston | 18:23 / 22.08.2025
5513
2 daqiqa o‘qiladi

Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning ma’lum qilishicha, 21 avgust kuni Nukusda nisbiy namlik haddan tashqari pasayib ketgan. “Bu aslida chang bo‘roni bo‘lishiga signal bo‘lgan ekan”, — deya yozdi mutaxassis.

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)

 

Ta’kidlanishicha, aviatsiya sinoptiklari bu hodisani ob-havo holatiga qarab chang bo‘roni deb emas, balki g‘ubor hodisasi deb qayd etishgan. 

Xususan, Nukus xalqaro aeroportida soat 13:00 holatiga ko‘rinish masofasi 1500 metrdan pastga yetgan. 14:30 da esa bu masofa 900 metrgacha yetib, kuchli g‘ubor hodisasi kuzatilgan.

O‘zgidromet Nukus shahri havosida 13:00 holatiga ko‘ra, mayda PM 2,5 dispers zarrachalari miqdori milliy standartlar bo‘yicha ruxsat etilganidan 20 baravargacha ortib ketgani haqida ma’lum qildi. Shuningdek, Urganch shahrida ham shamol ortidan atmosfera havosi ifloslanishi kuzatilayotgani ta’kidlandi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid