Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin Xitoyning Arktikadagi strategiyasiga oydinlik kiritdi
Xitoy Arktika loyihalarida boshqa davlatlar manfaatidan kelib chiqib ishtirok etadi. Bu haqda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Van Yan ma'lum qildi.
"Xitoy Arktikada hamkorlikni hurmat qilish konsepsiyasidan kelib chiqib ishtirok etadi. Biz hurmat deganda Arktika hududidagi arktik mamlakatlar suverenitetini, suveren huquqlarini va yurisdiksiyasini nazarda tutmoqdamiz. Biz Arktika xalqlari an'analari va madaniyatini, mintaqaviy bo‘lmagan davlatlar huquq hamda erkinlarini, xalqaro hamjamiyatning Arktikadagi umumiy manfaatlarini hurmat qilish tarafdorimiz", - deya aytib o‘tdi u “Arktika – muloqot hududi” xalqaro forumida chiqish qilib.
Van Yanning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikda “tegishli mamlakatlarning sa'y-harakatlari hamda imkoniyatlarini chaqiriqlarga javob berish, Arktika boshqaruvining plyuralistik arxitekturasini ilgari surish va yaxshilash” lozim.
Xususan, Xitoy Arktika ekotizimini mustahkamlashni taklif qilmoqda. “Xalqaro hamjamiyat Arktikada ekologik buzilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘riqlash ekotizimini birinchi o‘ringa qo‘yishi kerak”, - deya ta'kidlab o‘tdi Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026