Jahon | 07:42 / 29.03.2017
7790
1 daqiqa o‘qiladi

Peruda yo‘lovchi samolyoti qo‘nish vaqtida yonib ketdi

Peruvian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Peruning Xauxa shahrida joylashgan Frantsisko Karl nomidagi aeroportga qo‘nish vaqtida yonib ketdi. Samolyot mamlakat poytaxti Limadan reys amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Samolyotda 138 yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan 26 nafari mayda jarohatlar olgan. Bir kishi shifoxonaga yetkazilgan. Barcha yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan.

Mahalliy politsiya boshlig‘i general Xose Kuevning aytishicha, samolyotning shassisi bilan texnik muammolar yuzaga kelgani sabab ekipaj qo‘nish haqida shoshilinch qaror qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan, deb yozmoqda RPP portali.

Taxmin qilinishicha, yong‘in samolyot qanoti uchish-qo‘nish polosasiga tekkani sabab chiqqan.

Aeroport 29 mart ertalabgacha samolyotlarning uchish va qo‘nishi uchun yopib qo‘yilgan. Voqea joyiga zudlik bilan o‘t o‘chirish brigadalari yetib kelgan. 

 

Mavzuga oid