Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
31 mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi
31 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
11:24 / 08.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
08:51 / 29.05.2026
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
11:53 / 25.05.2026