O‘zbekiston | 20:00 / 30.03.2017
29860
2 daqiqa o‘qiladi

Kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar va jarimalar haqida internet orqali bilish mumkin bo‘ladi

Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilar chorrahalardagi kameralar qayd etgan yo‘l harakati qoidalarining buzilgani to‘g‘risida ma'lumot olishi mumkin bo‘lgan maxsus saytni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun tashkil qilingan brifing vaqtida boshqarma inspektori Alisher Abduqodirov ma'lum qilgan.

«Haydovchilar saytda shaxsiy kabinet ochishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun pasport ma'lumotlari hamda mobil telefon raqami kiritilishi talab etiladi. Shaxsiy kabinetda haydovchi o‘zining qanday turdagi qoida buzgani va unga belgilangan jarima haqida bilib olishi mumkin bo‘ladi», — degan u jurnalistlarga.

Ushbu sayt qachondan ish boshlashi aniq emas, uning ochilishi yaqin oylarga mo‘ljallangan.

Qayd qilingan kadrlarning pochta orqali yuborilayotgan oq-qora fotosuratlardan farqli ravishda rangli bo‘lishi kutilmoqda.

Bugungi kunda shahardagi 115ta chorrahaga o‘rnatilgan kameralar, avvalgidek, odatdagi tartibda ishlab turibdi va qoidabuzarliklarni qayd etmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid