AstanaTv'ning xabar berişiça, bu haqdagi qonun loyihasi mamlakat prezidenti Qosim Jömart Töqayev taşabbusi bilan işlab çiqilib, mamlakat parlamenti tomonidan ma'qullangan.
«Uşbu qonun kuçga kirgandan keyin haydovçilar şaxsni tasdiqlovçi hujjat bilan yurişi mumkin, ularning haydovçilik guvohnomasi bor yoki yöqligi, maşinaning texnik körikdan ötgan yoki ötmaganligini yöl patrul inspektori özining planşeti orqali onlayn tekşirib olişi mumkin böladi. Natijada ba'zi sabablarga köra guvohnomasini uyda unutib qoldirgan haydovçilar yöq joydan jarima tölaşdan qutuladi», — deyiladi xabarda.
Ma'lumotlarga köra, Qozoğistonda 2020 yilning özida haydovçilik guvohnomasi yoki maşinaning boşqa hujjatlari oldida emasligi uçungina 150 mingdan ortiq fuqarolar jarima tölaşga majbur bölgan.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev Özbekistonda ham şunday tartibni joriy etiş vaqti kelgani hamda bunga imkoniyatlar yetarliça ekanligini aytdi.
«Bu tartibga ötişni tez kunlarda amalga oşirişga kirişamiz. Işqilib har xil bahonalar bilan qarşiliklar bölmasin-da», — deb yozadi deputat.
















