Toşkent şahri yöllarida 15 mart kunidan boşlab işga tuşgan kameralar birinçi kun va ikkinçi kun yarmiga kelib 10 mingta qoida buziliş holatini qayd etdi. Bu haqda IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi «Kompyuter markazi» bölimi boşliği podpolkovnik Şuhrat Murodov ma'lumot bergan.

«16 mart kuni soat 12:00 holatiga köra, videokameralar 10 mingdan ortiq yöl harakati qoidasi buzilişi holatlarini qayd etdi», degan u.

Tizim 4,9 mingta svetoforning qizil çiroğidan ötiş holati va 4,1 mingta tezlikni oşiriş holatini qayd etgan.

15 martdan boşlab Toşkentning 115 çorrahasida YHQ buzilişini qayd qiluvçi videokameralar işga tuşdi. Ayni damda uşbu kameralar faqat tezlikni oşiriş va qizil çiroqqa ötiş uçun jarima belgilaydi. Avtomatlaştirişning keyingi bosqiçlarda kameralar uyali telefon orqali gaplaşiş va taqilmagan xavfsizlik kamari kabi qoidabuzarliklarni ham qayd qila boşlaydi. 

«Özbekiston poçtasi» poçtalonlari qoidabuzarlarning manzillariga jarima kvitansiyalarini tarqatadi. Jarima 60 kun muddatda tölanişi lozim, aks holda avtomobil jarima maydonçasiga jönatiladi.

Fotofakt: Kamerada qayd etilgan qoidabuzarlikka jarima solindi

Töxtaş çiziği körinmaydigan çorrahalardagi kameralar işiga oydinlik kiritildi