Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Putin va Trampning uchrashuvi qachon bo‘lishiga oydinlik kiritdi
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi tomonlarga qulay bo‘lgan vaqtda bo‘lib o‘tadi, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Putin va Tramp AQShdagi saylovlardan keyin telefon orqali muloqot qilishgan. "Ular yaxshi suhbatlashishgandi, munosabatlarimizdagi asosiy muammolar va albatta, xalqaro muammolarni muhokama qilishgan. Ular kelgusida ham aloqada bo‘lishga kelishib olgandilar", deb aytgan Lavrov The National Interest jurnaliga bergan intervyusida.
Lavrov ikki davlat prezidentlari Tramp o‘z lavozimiga kirishgach yana bir marotaba telefon orqali suhbatlashganini eslatib o‘tdi.
"Ular biz janob Reks Tillerson (AQSh davlat kotibi) bilan kun tartibida turgan masalalarni hamda ikki davlat va ikki yetakchi uchun qulay bo‘lgan vaqtda bo‘lib o‘tadigan prezidentlar uchrashuviga tayyorgarlik masalasini batafsil muhokama qilishimizga kelishib olishgan", deb ta'kidlab o‘tdi Lavrov.
Avvalroq Putin va Tramp iyulda Gamburgda o‘tadigan G20 sammitida uchrashishlari mumkinligi ma'lum qilingandi. Biroq ushbu masala bo‘yicha aniq kelishuvlar bo‘lmagan.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026