Jahon | 00:52 / 30.03.2017
11301
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Frants-Iosif yerida o‘zini muz o‘yuvchi sifatida sinab ko‘rdi

29 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Frants-Iosif yeri arxipelagidagi Aleksandra yeri oroliga tashrif buyurdi. Putin orolda o‘z qo‘llari bilan muz qoyadan ilmiy tadqiqotlar uchun bir necha bo‘lak muz o‘yib oldi. Bu holat muz g‘origa tashrif vaqtida yuz berdi.

Putinga Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda tabiiy zaxiralar va ekologiya vaziri Sergey Donskoy hamrohlik qilishdi. 

Putin va Medvedev g‘orga tashrif vaqtida balandligi uch qavatli uyga teng keluvchi muz bo‘lagini ko‘zdan kechirishgan. Shunda Putin muzo‘yar boltani berishlarini so‘rab, ushbu ulkan bo‘lakdan bir necha zarbalar bilan mushtdek keluvchi muz bo‘laklar o‘yib olib, ularni olimlarga bergan. 

Aleksandra yeri oroli Barents dengizida, qit'adagi Rossiyaning eng yaqin sohilidan 1000 km uzoqlikda joylashgan. Ta'kidlanishicha, u yerda havo harorati -27°S ni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid