Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an sog‘lig‘idagi muammo sababli referendum oldidan nutqlarini bekor qildi
Foto: RIA
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomog‘idagi muammo sababli 16 aprel kuniga belgilangan konstitutsiyaviy referendum oldidan o‘tkazilajak namoyishlardagi ikkita nutqidan voz kechdi, deb xabar bermoqda Hurriyet nashri.
Mardin shahrida o‘tgan namoyishda Erdo‘g‘an nutq so‘zlayotganda bir necha marta ovozi bo‘g‘ilib qolgan.
Nashrning Turkiyaning yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasining Van viloyatidagi bo‘limi rahbari Zoxir Sog‘anduga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Erdo‘g‘anning Van viloyatida 1 aprelga belgilangan chiqishida uning o‘rniga bosh vazir Binali Yildirim ishtirok etadi. Bunga sabab sifatida Erdo‘g‘anning "tomog‘i shamollab qolgani" aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘anning 31 martda Erzurum shahrida o‘tishi belgilangan nutqi 15 aprelga ko‘chirilgan.
Mavzuga oid
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026
Turkiyadagi maktabda otishma ro‘y berdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
14:29 / 14.04.2026