Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 mart kuni «Fuqarolar huquq va erkinliklarini işonçli muhofaza qiliş kafolatini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonunçilik hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonunni imzoladi.

Hujjat 17 mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 28 mart kuni Senat tomonidan tasdiqlangan edi. 

Qonunda belgilangan barça özgartirişlar 2017 yil 1 aprelidan kuçga kiradi.

Senat axborot xizmati ma'lumotlariga köra, qonun sud-huquq tizimini demokratlaştiriş va liberallaştiriş, sudlar, huquqni muhofaza qiliş va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, fuqarolarning adolatga işonçini oşiriş, qonun ustuvorligini ta'minlaş va jamiyatda qonuniylikni mustahkamlaşga qaratilgan.

Qonun Jinoiy, Jinoiy-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoiy-ijroiy kodekslar, «Sudlar töğrisida»gi va «Prokuratura töğrisida»gi qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritişni közda tutadi.

Uşbu özgartiş va qöşimçalar jinoiy jazo hibsga oliş körinişida yengillaştirişni nazarda tutadi. Şu bilan birga, jinoiy jazolar tizimiga ança yengil, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo – «majburiy jamoat işlari» kiritiladi.

Jinoyat sodir etişda gumon qilinuvçi şaxslarga nisbatan hibsga oliş, qöriqçilar nazorati ostida hamda uy qamoğida uşlab turiş çoralari muddatlari 72 soatdan 48 soatga, dastlabki tergov 12 oydan 7 oygaça qisqartirilgan. 

Bundan taşqari, özgartiş va qöşimçalarga köra poçta va telegraf jönatmalarini qölga oliş hamda jasadni sud-meditsina ekspertizasi uçun kavlab oliş böyiça sanksiya beriş huquqi prokuraturadan sudlarga ötkaziladi. Şu tariqa, «Xabeas korpus» institutining bunday jarayonlardagi örni kengaytiriladi.

Fuqarolik işlari böyiça sud qarorlarini nazorat tartibida qayta körib çiqiş muddatlari 3 yildan 1 yilgaça qisqartirilgan.