Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Strategik hujjatlar qonun va prezident hujjatlari bilan tasdiqlanadi
Prezidentning PF–201-son farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 noyabrdan strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra strategik ahamiyatga ega hujjatlar iyerarxiyasi belgilab olindi va tasdiqlash tartibi aniqlashtirildi.
Farmon bilan strategik hujjatlar uch darajada shakllantiriladi va turli darajadagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:
1-daraja — konsepsiyalar: 7 yildan ortiq muddatga ishlab chiqiladi, qonunlar bilan tasdiqlanadi.
2-daraja — strategiyalar: 4–7 yil muddatga ishlab chiqiladi, prezident hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
3-daraja — dasturlar (yo‘l xaritalari, chora-tadbirlar rejalari): 1–3 yil muddatga ishlab chiqiladi, Prezident hujjatlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida tasdiqlanadi.
Yangi tizim strategik rejalashtirishning barcha bosqichlarini — ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring va baholashni qamrab oladi. Maqsad — milliy islohotlarni bir zanjirda uyg‘unlashtirish, indikator va natijalarga tayanadigan boshqaruvni kuchaytirish hamda ijro intizomini oshirish.
Sohalar va hududlar kesimida konsepsiya, strategiya va dasturlar bosqichma-bosqich ishlab chiqilishi, shuningdek hisobdorlik va monitoring tartiblari belgilanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026