Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Galaxy S8'ni osongina blokdan yechish usuli aniqlandi (video)
Yaqindagina taqdimoti bo‘lib o‘tgan Samsung Galaxy S8 flagmani kutilganidek xavfsiz bo‘lib chiqmadi.
Ma'lum bo‘lishicha, smartfonni faqat egasi blokdan yechishi mumkin bo‘lishi uchun maxsus ishlangan yuzdan taniy olish funksiyasini aldash u qadar qiyin emas ekan. Business Insider shu haqida xabar berdi.
Ushbu kamchilik iDeviceHelp ekspertlari tomonidan aniqlangan. Ular smartfonni oddiy surat yordamida blokdan yechishga muvaffaq bo‘lishgan. Buning uchun frontal kamera qarshisida smartfon sohibining surati ko‘rsatiladi - qurilma uning qarshisida real inson deb o‘ylab, blokdan osongina yechiladi. Jarayon atigi bir necha soniya vaqt olgan.
Albatta, Samsung kompaniyasida yuzdan taniy olish funksiyasining barmoq izlari yoki Iris skaner kabi xavfsiz emasligini aytilgan, biroq smartfonni birgina surat orqali blokdan yechish kishini biroz o‘ylantirib qo‘yadi.
Mavzuga oid
12:24 / 18.01.2026
Galaxy S26 Ultra tezroq zaryadlanadi
11:25 / 14.01.2026
2025 yilda sotilgan har 5 smartfonning bittasi iPhone bo‘ldi
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
15:00 / 06.01.2026