Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning Yaponiya bilan munosabatlari yomonlashdi, rasmiy protest yuborildi
Koreya Respublikasi Tokto (Takesima) bahsli orollari sabab Yaponiyaga protest yubordi. Bunga Tokioning maktab o‘quvchilariga Tokto arxipelagi aslida yaponlar hududi haqida tushuncha berish bo‘yicha qabul qilgan qarori sabab bo‘ldi.
"Koreya yapon hukumatining bu qadamini qoralaydi, hamda biz u darhol bekor qilinishini talab qilamiz", - deyiladi Koreya TIV bayonotida. "Yaponiyani ogohlantirmoqchimiz, agarda bu qoidalar kuchda qoldirilsa, maktab o‘quvchilarining keyingi avlodi soxta tarixni o‘qiydi", - deya ta'kidlaydi vazirlik.
Taxminlarga ko‘ra, yangi o‘quv darsliklari yozilishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi qoidalar 2020 yildan kuchga kiradi.
Tokto arxipelagi – Yapon dengizining g‘arbiy qismida joylashgan kichik orollar guruhi bo‘lib, ular 1945 yildan so‘ng xalqaro bahs markaziga aylandi. Ayni damda orollar Koreya qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinadi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026