17:41 / 01.04.2017
31369

Hafta videolari: Suriya ustozining ko‘z yoshi, Qodirov va QVZchilarning NATOga javobi va boshqa qiziq videolar

Txekvondo bo‘yicha chempion, 16 yoshli bosniyalik Karim Axmatspaxik beton bloklarni bosh bilan urib sindirish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. O‘smir 35 soniya ichida 111 ta beton blokni parchalab tashladi. 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va rossiyalik komik aktyor Mixail Galustyan Rossiyada efirga uzatiluvchi KVN (QVZ) hajviy dasturini "siyosiy qurol" deb atagan NATOga videojavob tayyorlashdi.

Dubay amiri shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum yo‘l harakati qoidasiga amal qilishda o‘rnak ko‘rsatdi. Amirning shahar chorrahalaridan birida yonidagi yo‘ldoshlari bilan svetoforning yashil yonishini va yo‘ldan o‘tishni kutayotgan tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

"Barselona"ning antiqa mashg‘uloti. "Barselona" futbolchilari mashg‘ulotlar vaqtida antiqa usulda "krestiki-noliki" o‘yinini o‘ynashdi: Neymar jamoasini uyatga qo‘ydi

Argentinaning “River Pleyt” jamoasi futbolchilari esa ijtimoiy tarmoq “qahramonlariga” aylanishdi. “Belgrano” klubiga qarshi kechgan bahsda jamoaning to‘rt nafar futbolchisi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, to‘p kirita olmadi.

O‘z kasbini bajarayotgan jurnalist ayol haydovchilardan baloga qoldi: “Toshkent” telekanalida efirga ketuvchi “Poytaxt yo‘llari” ko‘rsatuvining navbatdagi soni maktablar oldida mashinalar tomonidan harakat qoidalarini buzayotganiga bag‘ishlandi.

Livan prezidenti, bu yil 82 yoshga to‘lgan Mishel Aun Arab davlatlari ligasi sammiti doirasida suratga tushish marosimi vaqtida yiqilib tushdi. Bu holat videosi "Al-Arabiya" telekanalida namoyish etilgan.

T-Mobile shtat blogeri Des Smit yangi Samsung Galaxy S8 flagmanini suv ostida ochdi. Rolik davomida Smit maxsus himoyalangan qafasda bo‘lgan. Bu vaqtda uning atrofida akulalar suzib yurishardi, bloger smartfon kamerasi yordamida ularni suratga oldi. 

2018 yilgi jahon chempionati saralash bahsida O‘zbekiston terma jamoasi ustidan g‘alabaga erishgan Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ayman Hakim o‘yindan keyingi matbuot-anjumanida yig‘lab yuborgani ma'lum bo‘ldi. "Mamlakatimiz fuqarolariga quvonch ulashganimizdan xursandman", – degan mutaxassis. 

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval xonasini savdo to‘g‘risidagi ikkita farmonni imzolamasdan tark etdi. U nutq qilganidan so‘ng, hujjatlarni imzolamagan va xonadan chiqib ketgan.

Top