Jahon | 23:54 / 01.04.2017
7281
2 daqiqa o‘qiladi

Eron: AQSh terrorchilik himoyachilarini noto‘g‘ri talqin qiladi

AQSh terrorchilikka homiylik qiluvchilarni xato talqin qiladi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Bahrom Gasemiy aytdi.

"Eronni terrorchilikka homiylik qilishda qayta-qayta ayblash, bu holatning moliyaviy va g‘oyaviy manbalarini, ildizlarini noto‘g‘ri ko‘rsatish – xalqaro aksilterrorchilik kurashi besamar ekanligining asosiy sababidir. Bunday yanglish fikrga AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning Londonda aytgan gaplari oxirgi misol bo‘la oladi", deb aytdi eronlik diplomat. 

U AQShning rasmiy shaxslari tomonidan yuritilayotgan siyosatni "xavfli" deb atadi, chunki "bu siyosat jahon ahli fikrini yanglishtiradi va terrorchilikning asl homiylarini himoya qiladi".

"AQSh va ba'zi boshqa davlatlar ekstremizm va vahobiylik tarqalishining haqiqiy sabablarini inkor qilib kelar ekanlar, terrorchilikni yakson qilishga umid qilib bo‘lmaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Gasemiy.

U Eronning o‘zi oxirgi 40 yil davomida "terrorchilikning turli ko‘rinishlari jabrdiydasi" bo‘lganini eslatib o‘tdi hamda amerikalik rasmiy shaxslarni Eronni asossiz ayblashni bas qilishga va buning o‘rniga "terrorchilik guruhlariga mo‘may yordam beruvchi, AQShning mintaqadagi ba'zi ittifoqdoshlari va do‘stlariga" e'tibor qaratishga chaqirdi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid