Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning yetakchi onkologiya markazi Andijon tibbiyotchilari bilan hamkorlik qiladi
Bugun Andijondagi viloyat onkologiya dispanseriga Rossiyaning Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy Markazining yetakchi mutaxassislari tashrif buyurdi. Mehmonlar muassasada bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri hamda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan kelishilgan bitimga asosan Respublika onkologiya ilmiy Markazi va Rossiya onkologiya ilmiy markazlari o‘rtasida memorandum imzolangan bo‘lib, ushbu hujjatga asosan hamkor davlatning yetakchi mutaxassislari yurtimizning barcha viloyatlarida mahorat darslari o‘tmoqdalar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda mavjud onkologiya tizimini o‘rganib chiqishdan iborat.
- Fevral oyida imzolangan kelishuvlarga asosan ikki davlat mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish hamda saraton kasalini davolashda yangi texnologiyalardan foydalanish borasida birgalikda ish olib borish rejalashtirilgan,- deydi Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy-markazi yetakchi mutaxassisi Denis Ryabchikov. – Hamkorlikda olib borilajak ishlar ikki davlatda onkologik kasalliklar aniqlangan bemorlarga tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi. Buning samarasida ko‘plab bemorlarning hayoti saqlanib qoladi degan fikrdamiz.
Muassasa xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Respublika onkologiya ilmiy Markazi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Yahyo Ziyayev tashrifdan ko‘zlangan maqsad va kelajakda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan ishlar haqida tushuncha berib o‘tdi. Andijon viloyat onkologiya dispanseri vodiy viloyatlariga xizmat qiluvchi Markazga aylantiriladi.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026