Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda harbiy operatsiya davomida 9 fuqaro halok bo‘ldi
Afg‘oniston armiyasining operatsiyasi davomida kamida 9 fuqaro, jumladan ikki bola halok bo‘ldi. Operatsiya davomida harbiylar tomondan qurol-aslaha va portlovchi moddalar ombori yo‘q qilinishi vaqtida ko‘ngilsiz voqea yuz bergan, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.
Voqea Gilmend viloyatida yuz bergan. Viloyat gubernatorining vakili Umar Zvakning aytishicha, harbiylar qurol-aslaha omborini aniqlab, so‘ngra uni portlatib yuborishgan.
Ma'lum qilinishicha, portlash oqibatida yaqin atrofdagi uylardan birining tomi qulab tushgan. Buning oqibatida bir oilaning 9 a'zosi, jumladan 2 bola va 3 ayol halok bo‘lgan. Afg‘oniston hukumati hozircha bu voqeani rasman tasdiqlamagan.
Mavzuga oid
14:26
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026