Jahon | 09:29 / 02.04.2017
3394
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

Ekvadorda yetakchi "Mamlakat alyansi" bloki vakili, mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Lenin Moreno va CREO harakatidan prezidentlikka nomzod, sobiq bankchi Gilermo Lasso prezidentlik saylovlarining 2- bosqichiga chiqdilar. 

Mamlakatning milliy saylov kengashi ma'lumotlariga ko‘ra, Lenin Moreno 39,21 foiz, Gilermo Lasso esa 28,35 foiz ovoz to‘plagan. Saylovlarning 1-bosqichi natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lish uchun nomzodlardan biri ovozlarning yarmidan ko‘pini yoki raqibidan 10 foiz yoki undan ko‘proq farq bilan 40 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak edi. Biroq nomzodlardan hech biri bunga erisha olmagan. 

Saylovlarning 2-bosqichi 2 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid