Jamiyat | 19:38 / 02.04.2017
10181
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada EKSPO-2017 o‘tadigan hududdagi binoda yong‘in chiqdi

Ostonada o‘tadigan EKSPO-2017 hududida favqulodda vaziyat sodir bo‘ldi – u yerda barpo etilayotgan Kongress-xoll binosida yong‘in chiqdi. Binodan buruqsigan kuchli tutun odamlarni qo‘rqitib yubordi, deb xabar bermoqda nur.kz portali muxbiri.

EKSPO-2017 matbuot xizmatida yong‘in bo‘yicha ma'lumot berila olinmagan.

"Menda qandaydir yong‘in bo‘lgani haqida ma'lumot yo‘q, bu haqda endi eshitmoqdaman", deb aytgan ko‘rgazmani tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori Sergey Kuyanov.

Yong‘in chiqqani Ostona favqulodda vaziyatlar departamentida tasdiqlandi. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in 2 aprel mahalliy vaqt bilan soat 10.17da boshlangan va bir soatga qolmay o‘chirilgan.

Ma'lum qilinishicha, Kongress-xoll binosining 4 va 5-qavatlari o‘rtasida kichik buruqsash bo‘lib, shu kuchli tutunga sabab bo‘lgan.  

Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q, voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar