Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:07 / 03.04.2017
4622
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoydagi neft omboridagi portlash 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Xitoy sharqida joylashgan Antsin shahridagi "Vanxua" neft kompaniyasi omborida yuz bergan portlashda 5 kishi halok bo‘ldi.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar yonib ketgan omborda 5 kishining jasadini topishgan, 3 kishi qutqarib qolingan. Jabrlanganlardan biri shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda.
TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, mahalliy hukumat atrof-muhit ifloslanmasligi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Portlash joyida o‘tkazilgan monitoring hudud ekologiyasiga zarar yetmaganini ko‘rsatgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish