Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Dreamliner’da Kuala-Lumpur va Singapurga reysni amalga oshirdi
Arxiv fotosi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi zamonaviy «orzular layneri» - Boing-787-Dreamliner’da Kuala-Lumpur va Singapurga xalqaro reysni amalga oshirdi.
Kuala-Lumpurning «KLIA» aeroportida O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi drimlayneri katta tantana bilan kutib olindi.
MAK tijorat departamenti direktor o‘rinbosari Davronbek Niyozovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkentdan Kuala-Lumpurga parvozlar amalga oshira boshlanganining 25 yilligi va Boeing-787 Dreamliner’ning bu yo‘nalishdagi inauguratsiyasini nishonlamoqda.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 25 yil avval o‘zining ilk xalqaro yo‘nalishlarini amalga oshiradi boshladi, birinchi 6 yo‘nalish ichida Kuala-Lumpur ham bor edi. Bugungi kunda parvozlar geografiyasi dunyoning 25 davlatidagi 45dan ortiq shaharni qarab oladi. Ayni damda bizning yo‘lovchi samolyotlar parkimiz «Boeing» va «Airbus» zamonaviy laynerlaridan iborat, flotimiz o‘rtacha yoshi 9 yilni tashkil etadi. Umid qilamizki, O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yo‘lovchilar soni ortib boradi va ular yangi samolyotlar bortidagi ixchamlikka baho beradilar» - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Boeing-787’da tijorat maqsadlarida foydalanishni 5 sentabrdan boshladi, birinchi xalqaro reys esa Olmaotaga amalga oshirildi. Ayni damda samolyot Dubay, Dehli, Istanbul, Tel-Aviv, Olmaota, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga bo‘lgan reyslarda foydalanilmoqda.
Mavzuga oid
15:00 / 21.10.2025
Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpurga – ko‘proq qulaylik va afzalliklar
11:56 / 16.10.2025
Malayziya aviakompaniyasi Kuala-Lumpur - Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:03 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
08:37 / 21.11.2023