Haftasiga 3 marotaba amalga oşiriladigan mazkur aviaqatnovlar Özbekiston va Malayziya örtasidagi savdo-iqtisodiy, turizm, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirişga hamda respublikaga Janubiy-Şarqiy Osiyo mamlakatlaridan kelayotgan sayyohlar oqimini oşirişga hissa qöşişi ta’kidlandi.
Air Asia X aviakompaniyasi boş ijroçi direktori Binyamin Ismoil öz navbatida, yil davomida intiqlik bilan kutilgan uşbu reys 220 nafar yölovçilarni, şu jumladan malayziyalik ziyoratçilarni Airbus A330 samolyotida Toşkent xalqaro aeroportiga olib borişini ta’kidladi.
"Uşbu birinçi reys bilan Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahrining turizm salohiyati bilan yaqindan tanişiş maqsadida bir qator sayyohlik guruhlari Özbekistonga ketyapti. Mazkur aviaqatnovlar, şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi sayyohlar oqimi köpayişiga, işbilarmon doira vakillarining hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga hamda Özbekistonning Markaziy Osiyo va Janubiy-Şarqiy Osiyo mintaqalarini boğlovçi habga aylanişiga xizmat qiladi", – dedi Binyamin Ismoil.
Tadbir yakunida mazkur aviaqatnov yölovçilari tantanali ravişda Özbekistonga kuzatib qöyildi.








