Jahon | 01:59 / 04.04.2017
32402
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Putin Peterburg metrosidagi portlash qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg metrosining "Texnologiya instituti" bekatidagi portlash natijasida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab bekatning kirish qismiga gul qo‘ydi. Bu haqda prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi. 

"Vladimir Putin "Texnologiya instituti" kirish qismiga keldi va u yerda bugun metroda yuz bergan portlash natijasida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab gul qo‘ydi", – dedi Peskov. 

Peskovning ta'kidlashicha, u yer peterburgliklar gul va shamlar olib keladigan xotira joyiga aylandi. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid