Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisini ekomahsulotlar bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda
Bugun, 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar" mavzusidagi matbuot brifingi o‘tkazildi.
Unda bugungi kunga qadar sohada olib borilgan ishlar va kelgusiga belgilangan vazifalar bo‘yicha hisobot berildi. Tadbirning taqdimot qismi nihoyasiga yetganidan so‘ng mutaxassislar jurnalistlarni qiziqitirgan savollarga javob berishdi.
Xo‘sh, savol-javoblardan qanday ma'lumotlar olindi?
1. Bugungi kunda 85 ming gektar yerga kartoshka ekilishi ma'lum qilindi. Aholi soni oshgan sayin oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham oshib boraveradi. Yildan yilga mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj oshgan sari ekin maydonlari kengaytiriladi. 2020 yilga borib kartoshka yetishtirish ko‘rsatkichlari 20-25 foizga oshishi ta'kidlandi.
2. O‘zbekistonda o‘simliklarni himoya qilishga qaratilgan maxsus uyushma tashkil qilingan. Mamlakatimizda ekomahsulotlarni ishlab chiqarishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ekomahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida biolabaratoriyalar va biofabrikalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha bir qator yangi zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan. O‘zbekiston bu borada Shveytsariya, Avstriya, Germaniya, Koreya, Turkiya kabi yetakchi mamlakatlar kompaniyalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, yangi shok-muzlatgich qurilmasi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 40 darajagacha muzlatib, ularning tabiiy xususiyatlarini 90 foizgacha saqlab qolishi aytildi.
4. Kichkintoylarni sifatli ozuqalar bilan ta'minlash maqsadida dunyoning yetakchi brendlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, mashhur "FrutoNyanya" bilan 30 million dollarlik loyiha imzolangan. Shuningdek "Danone" brendi bilan hamkorlik qilishga doir muzokaralar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi
10:56 / 03.11.2024