Quyoş panellarida işlab çiqarilib, umumiy elektr tarmoqlariga uzatilgan energiya uçun fuqarolarga subsidiyalar vaqtida tölab berilmayapti. Na Energetika vazirligi na Iqtisodiyot va moliya vazirligi vaziyatga tayinli izoh bergani yöq. 2026 yil uçun tasdiqlangan budjetnomada uşbu turdagi xarajatlarni moliyalaştirişga 100 mlrd söm ajratilişi közda tutilgan. Bu real körsatkiçga nisbatan 3 barobar kamroq mablağ bölişi mumkin.
Özbekistonda 2023 yil 1 apreldan “Quyoşli xonadon” dasturi joriy etilgan. Unga köra, umumiy quvvati 50 kilovatt-soatgaça bölgan quyoş fotoelektr stansiyalarini örnatgan jismoniy şaxslarga öz ehtiyojidan ortib, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan har 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uçun 1000 sömdan subsidiya ajratiladi.
Masalan, oy davomida siz elektr tarmoğidan 100 kilovatt-soat elektr energiyasi oldingiz, siz örnatgan panellar esa aytaylik 500 kilovatt-soat tok işlab çiqardi. Agar oy yakunlari böyiça siz tarmoqqa uzatgan tok miqdori tarmoqdan olingan tok miqdoridan köp bölsa, ana şu örtadagi ijobiy farqning har bir kilovatt-soati uçun davlat 1000 sömdan subsidiya tölaydi. Pul “Soliq” ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunigaça tölab berilişi şart.
Tölov keçikyapti
Fuqarolar hukumatning bu taşabbusini qöllab-quvvatladi. Kimdir yiğib qöygan puliga, yana kimdir esa qarzga quyoş panellari xarid qildi. Kun.uz bilan boğlangan murojaatçilarning ta’kidlaşiça, ularga aprel oyi uçun kafolatlangan pul tölab berilmayapti. Xususan, Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida yaşovçi Islomjon Sobirjonovning ta’kidlaşiça, u 32 mln söm pul sarflab quyoş panellari örnatgan, ammo tölovga kelganga keçikişlar kuzatilayotganidan norozi bölyapti.
«Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanidan Islomjon Sobirjonovman. 2025 yilning noyabr oyida 32 mln sömga 10 kilovatt-soatlik pannel örnatgandim. Maqsad — qişda özimning ehtiyojimni qoplaş va yozda 4-5 söm daromad qiliş edi. Pul tuşişi şu yilning fevral oyidan boşlandi. Fevral oyida 20 ming söm, mart oyida 200 ming sömdan ziyodroq pul oldim. Aprel uçun pul yöq, lekin panelim işlab yotibdi. Aprel oyida 900


















