Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy yilning 1 apreliga qadar necha nafar jismoniy shaxs soliq deklaratsiyasini taqdim etgani ma'lum
Ma'lumki, jismoniy shaxslarning daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish munosabatlari Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan normalar asosida tartibga solinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 167-moddasiga muvofiq, soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi, deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati
Ushbu daromadlar tarkibi Soliq kodeksining 189-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ularga mulkiy daromadlari, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida, asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi, ikki yoki undan ko‘p manbadan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan, soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlari deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromad turlariga kiradi.
Jismoniy shaxslar ushbu moddada ko‘rsatilgan daromadlari bo‘yicha jami yillik deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi. Agar jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadidan soliq uning arizasiga ko‘ra eng yuqori stavka asosida ushlab qolingan bo‘lsa, deklaratsiya taqdim etilmaydi (respublika hududidan tashqaridagi hamda soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar bundan mustasno).
Joriy yilning 1 apreliga qadar 455 mingdan ziyod jismoniy shaxslar tomonidan o‘tgan yilda olgan daromadlari bo‘yicha soliq deklaratsiyalari taqdim etilgan.
Mavzuga oid
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
16:45 / 13.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning «soyadagi g‘olibi». Rossiya neftdan kuniga yuz millionlab dollar qo‘shimcha daromad olyapti
14:31 / 24.12.2025