Jamiyat | 08:34 / 05.04.2017
11759
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi 12 ta suv obektida favqulodda holatlar ro‘y berishi xavfi aniqlandi

Qashqadaryo viloyat toshqinga qarshi komissiyasi hay'at yig‘ilishida suv toshqinlari, sel kelishi kabi holatlar oldini olish, aholi va hududlar muhofazasini ta'minlash xususida so‘z bordi. Bu haqda «Qashqadaryo  gazetasi» yozmoqda.

Tadbirda ta'kidlanishicha, soha xodimlari tomonidan toshqin va sel kelishi xavfi mavjud bo‘lgan hududlar muntazam ravishda o‘rganilib, muhofaza choralari ko‘rib kelinmoqda. Xususan, joriy yilda viloyatdagi 12 ta suv obektida favqulodda holatlar ro‘y berishi xavfi aniqlanib, uni bartaraf etish maqsadida belgilangan tartibda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma'lumki, tog‘li hududlardagi qishloqlarning ko‘pchiligi suv manbalariga yaqin, dehqonchilik uchun qulay soyliklar hududida joylashgan. Ayrim oilalar esa o‘zbilarmonlik bilan suv yo‘llariga yanada yaqin hududlardan uy qurib olishgan. Bu holat butun bir oilaning hayotini xavf ostida qoldiradi.

Yig‘ilishda ana shunday hududlarni o‘rganib, aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish, daryo va suv omborlari atrofidagi yemirilishlar, yer cho‘kishlarini aniqlab, o‘z vaqtida muhofaza choralarini ko‘rish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi. Bu borada mas'ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid