Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV tomonidan Peterburgdagi teraktning ehtimoliy tashkilotchisi deb atalgan shaxs ishdan bo‘shatildi
Foto: IA IslamNews/islamnews.ru
OAV tomonidan Peterburg metrosidagi teraktning ehtimoliy tashkilotchisi deb atalgan rossiyalik Andrey (Ilyos) Nikitin uni terrorchi sifatida “mashhur” qilib yuborishgani hayotiga salbiy ko‘rsatganini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda IslamNews agentligi.
«Suratim OAV tomonidan ehtimoliy terrorchi sifatida tarqatilganidan so‘ng, men politsiyaga borib, bu holatga oydinlik kiritish haqida qaror qabul qildim. Politsiyada meni to‘g‘ri tushunishdi va barcha ayblovlar olindi. Biroq bu voqea hayotimni juda qiyinlashtirib yubordi», - deya ma'lum qildi u.
Nikitinning so‘zlariga ko‘ra, kuni kecha u uyiga uchib keta olmagan, sababi boshqa yo‘lovchilar u bilan bir reysda parvoz qilishdan bosh tortishgan.
«Buning ustiga ishimdan ayrildim: bugun mening ish beruvchim ishdan bo‘shatilganim haqida xabar berdi. U mintaqaviy tergov qo‘mitasi iltimosiga asoslanganini iddao qildi», - deya ta'kidlab o‘tdi Nikitin.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploshchad» bekatidan kirib kelgan poyezdda portlash sodir bo‘ldi. Keyinroq «Ploshchad Vosstaniya» bekatida yana bir portlovchi qurilma topildi - xabarlarga ko‘ra bu bombaning quvvati vagonda portlaganidan ancha ko‘proq bo‘lgan. Portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yetkazilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi
15:05 / 25.11.2025