17:31 / 05.04.2017
7720

«Siti»ning chempionlik uchun so‘nggi umidi. APL markaziy va boshqa uchrashuvlari haqida

Angliya premer-ligasining 31-turidan o‘rin olgan yana olti uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Turning markaziy uchrashuvi so‘zsiz, Londonda «Chelsi» va «Manchester Siti» ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Tribuna.Uz turning qolgan barcha uchrashuviga batafsil to‘xtalib o‘tadi.

Arsenal - Vest Hem (5 aprel, Toshkent vaqti bilan 23:45, Match! Futbol 2)  

Uchrashuv oldidan qiziqarli faktlar
— joriy mavsum birinchi davrasida «Arsenal» «Vest Hem»dan mag‘lubiyatga uchragan va bu ikki jamoaning so‘nggi 17 uchrashuvdagi «Vest Hem»ning yagona g‘alabasi.
— «Vest Hem» faqat «Fulhem»ga (6 uchrashuv) qarshi mehmondagi uchrashuvlarda «Arsenal»ga qarshi uchrashuvlardan ko‘proq (5 uchrashuv) g‘alaba qozongan.
— Endi Kerroll premer-liga doirasidagi «Arsenal»ga qarshi uchrashuvlarda beshta gol urgan. Boshqa birorta jamoaga bundan ortiq («Suonsi» va «Manchester Siti»ga ham beshtadan gol urgan) gol kirita olmagan.
— Aleksis Sanches «Vest Hem»ga qarshi so‘nggi ikki uchrashuvda 4ta gol va 1ta pas muallifi bo‘lgan, shuningdek bir marta het-trikka erishgan.

Yo‘qotishlar
«Arsenal» tarkibida jarohati sabab Loran Koselni, va Santi Kasorla maydonga tusha olmaydi. Ammo Aaron Remzi va Aleks Oksleyd-Chemberlen bu uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. «Vest Hem» Aaron Kressuyellsiz harakat qiladi. Ammo Maykl Antonio bu uchrashuvda safga qaytishi kutilmoqda.Diafra Sako mashg‘ulotlarga qaytgan, biroq dastlabki daqiqalardan maydonga tusha oladigan darajada emas.

Sauthempton - Kristal Pelas (5 aprel, 23:45)

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
— «Sauthempton» «Kristal Pelas»ga qarshi o‘z uyida o‘tgan so‘nggi 13 uchrashuvning faqat bittasida imkoniyatni boy bergan(9G‘, 3D). So‘nggi beshta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.
— Birinchi davrada 3:0 hisobida g‘alaba qozongan «Kristal Pelas» bu uchrashuvda g‘alaba qozonsa, premer-ligada tarixida ilk marta ikki uchrashuvda ham «avliyolar»ni mag‘lub etgan bo‘ladi
— Sem Ellardays premer-liga uchrashuvlari doirasida biror marta ham «Sauthempton» uyida mag‘lubiyatga uchramagan (2G‘, 6D).
— «Pelas» APLning so‘nggi to‘rtta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Shu paytgacha jamoa faqat ikki marta (2014 yil, aprel, 1992 yil dekabr) ketma-ket beshta uchrashuvda g‘alaba qozongan.

Yo‘qotishlar
«Sauthempton» hujmchisi Manolo Gabbyadini (chov) uchrashuvni o‘tkazib yuboradi, Sofian Buffalning holati fizioterapevt ko‘rigidan keyin aniq bo‘lishi lozim. «Kristal Pelas» tarkiibida Skott Dann (tizza) va Jyeyms Tomkins jarohati sabab o‘yinda ishtirok eta olmaydi, Patrik van Aanxolt ham hamon maydonga tusha olmaydi. Loik Remi esa mashg‘ulotlarga qaytgan.

Hall Siti - Midlsbro (5 aprel, 23:45)

Uchrashuv oldidan qiziqarli faktlar
— «Hall Siti» «Midlsbro»ga qarshi premer-liga doirasidagi yagona uy uchrashuvini 2008 yilning dekabrida o‘tkazgan va o‘shanda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Barcha uch gol o‘yinning so‘nggi 12 daqiqasida kiritilgan.
— «Midlsbro» hozirda so‘nggi olti o‘rinni egallab turgan barcha jamoadan ko‘ra ko‘proq «quruq» uchrashuvlar (9ta) o‘tkazgan.
— Styuart Dauning o‘zining APLdagi 400-uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.
— Premer-liga Adama Traore (121ta ) faqatgina Eden Azar ko‘proq dribling namoyish etgan.

Yo‘qotishlar
«Hall Siti» yangi jarohat olgan futbolchilar yo‘q. Umar al-Abdullaui va Dyumers Mbokani jarohati sabab, Tom Haddlstoun diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmaydi. Evandroning esa safga qaytishi kutilmoqda. «Midlsbro» tarkibida miya chayqalishiga uchragan Fabio bo‘lg‘usi ikki o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Gaston Ramiresning ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda. Jorj Frind va Kalum Chemberslar mashg‘ulotlarga qaytgan bo‘lsada, bu uchrashuvda ishtirok eta olmasa kerak.

Suonsi - Tottenhem (5 aprel, 23:45)

Uchrashuv oldidan faktlar
— «Suonsi» «Tottenhem»ga qarshi 11 uchrashuvning birortasida g‘alaba qozona olmagan — 2 durang, 9 mag‘lubiyat.
— «Shporlar» o‘ntadan ko‘proq o‘yinlarda o‘ynagan raqiblari ichida eng ko‘p foiz g‘alabaga aynan Uels klubi (82 foiz) ustidan muvaffaqiyat qozonib erishgan. Shuningdek o‘rtacha bir uchrashuvda urilgan gollari soni bo‘yicha ham (2.6ta gol) eng yaxshi ko‘rsatkich «Suonsi»ga qarshi uchrashuvlarda qayd qilingan.
— Kristian Eriksen «Suonsi»ga qarshi 6 uchrashuvda 9ta golga sababchi bo‘lgan samarali harakatni (5 gol, 4 uzatma) amalga oshirgan. Boshqa hech qaysi klubga qarshi u bunday muvaffaqiyatli o‘ynamagan.
— Maurisio Pochettino hali «Suonsi»ga qarshi o‘tkazgan 8 uchrashuvning birortasida yutqazmagan (6G‘, 2D). Faqat«Sanderlend»ga qarshi uchrashuvlarda (9ta mag‘lubiyatsiz o‘yin) u yaxshiroq natijaga erishgan.

Yo‘qotishlar
«Suonsi»da «Midlsbro»ga qarshi uchrashuvdagi durangdan keyin yo‘qotishlar ko‘zga tashlanmayapit. Fernando Lorente bu uchrashuvda maydonga tushishga tayyor bo‘ladi. «Tottenhem» tarkibida yarimhimoyachi Viktor Vanyamaning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda, no Harri Uinks aniq bu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek eski jarohatlar sabab, Harri Keyn (to‘piq), Denni Rouz (tizza) va Erik Lamela (bel) ham bu uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Chelsi - Manchester Siti (5 aprel, 23:55, Match TV)

Uchrashuv oldidan qiziqarli faktlar
— 2005-2009 yillarda «Manchester Siti»ga qarshi premer-liga doirasidagi ketma-ket 8 urchashuvda g‘alaba qozongan «ko‘klar»  keyingi 15 uchrashuvning faqat 5tasida (3D 7M) g‘alaba qozona olgan.
— Serxio Aguero o‘tgan mavsumda «Chelsi» maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (3:0) het-trikka erishgan. Faqatgina uch futbolchi«Stemford Brij» (Kanu, 1999 yil dekabr, Robin van Persi, 2011 yil oktabr)da bir uchrashuvda uchta gol kirita olgan.
— «Manchester Siti» Londonda kechgan so‘nggi olti uchrashuvning faqat bittasida (3G‘, 2D) mag‘lubiyatga uchragan.

Yo‘qotishlar
«Chelsi»ning qanot vakili Viktor Mozesning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Qolgan futbolchilarda bu muammo yo‘q. «Manchester Siti» tarkibida Bakari Sanya uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Ilkay Go‘ndo‘g‘an va Gabriel Jyezusning eski jarohati bo‘yicha hamon safga qaytishgani yo‘q. Pablo Sabaleta maydonga tushishga shay, Jyezus esa yakka tartibdagi mashg‘ulotlarini boshlagan.

Liverpul - Bornmut (5 aprel, 23:59)

Uchrashuvdan oldingi qiziqarli faktlar
— «Liverpul» «Bornmut»ga qarshi barcha musobaqalarda o‘z uyida o‘tkazgan 4 uchrashuvida g‘alaba qozongan. 10ta gol urgan, 2ta gol o‘tkazib yuborgan.
— «Bornmut» premer-liga tarixida ilk marta ketma-ket uchta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
— Premer-liga doirasidagi ikki jamoa ishtirokida kiritilgan barcha 11golga 11 nafar futbolchi mualliflik qilgan.
— joriy mavsumda «Liverpul» va «Bornmut» yettidan golini penaltidan kiritgan. Bu ligadagi eng yuqori ko‘rsatkich sanaladi.

Yo‘qotishlar
Daniel Starrijning bu uchrashuvda safga qaytishi kutilmoqda, ammo Jordan Henderson va Adam Lallana hamon jarohatidan forig‘ bo‘lmagani tufayli jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek bu haftadan jarohat olganlar safiga Sadio Mane ham qo‘shildi. Emre Jan va Joel Matipning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.
Eddi Hau bu uchrashuvda jarohat olgan Endryu Syorman va diskvalifikatsiya qilingan Tayron Mingz xizmatidan foydalana olmaydi.

Top