Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola mavsum yakunida «Mançester Siti»ni tark etadi. APLning 38-turida «Aston Villa»ga qarşi keçadigan uçraşuv uning Mançesterdagi sönggi öyini bölib qoladi. 

Hammasi hal bölgan

«Mançester Siti» muxlislarini karaxt holatga tuşirgan dastlabki xabarni Daily Mail tarqatdi. Naşrning sport bölimi muharriri Oliver Holt Gvardiola mavsum yakunida «Siti»ni tark etişi va yakşanba kuniga xayrlaşuv marosimi rejalaştirilganini xabar qildi.

Köp ötmay uşbu ma’lumot BBC naşrida paydo böldi. Şunda ham köpçilik bunga işonmayotgandi – keyin futbol xabarlari böyiça eng işonçlisi hisoblangan The Athletic naşri jurnalisti Devid Ornşteyn ham bu ma’lumotni tasdiqladi. Hozirça klub yoki Gvardiolaning özi tomonidan rasman e’lon qilinmagan bölsa-da, endi uning ketişiga heç kimda şubha qolmadi.

Insayderlarga köra, klubdagilar allaqaçon Gvardiolaning ketişini muqarrar voqea sifatida qabul qilib bölişgan. Göyoki «Siti» rahbariyati homiylar va hamkorlarni Pep yaqin vaqtlar içida klubdan ketişini rasman e’lon qilişi haqida xabardor qilgan.

Ayrim manbalar Gvardiolaning özi bu ma’lumotni şu vaqtgaça futbolçilardan ham sir saqlab kelgani, duşanba kuni xabar tarqalib ketganidan keyin jamoani yiğib, ulardan buni oldinroq aytmagani uçun uzr söragani va ketişini tasdiqlaganini xabar qilmoqda.

«Şaharliklar» bugun tunda APLning 37-turi doirasida safarda «Bornmut»ga qarşi maydonga tuşadi. Agar uşbu uçraşuvdan ğalaba bilan qaytadigan bölsa, jamoada çempionlik uçun imkoniyat saqlanib qoladi. Durang natija ham ayni vaqtda turnir jadvalida 5 oçkolik farq bilan peşqadamlik qilayotgan «Arsenal»ni muddatidan oldin çempionga aylantiradi.

38-tur doirasida «Aston Villa»ga qarşi öyin esa «Etihad»da bölib ötadi va bu uçraşuv ispaniyalik mutaxassisning jamoa boşqaruvidagi sönggi öyini bölib qoladi. Agar oxirgi turda «Arsenal» oçko yöqotsa va «Siti» bugun va oxirgi turda ğalaba qozonsa, Gvardiola ketayotganida ham yana bir bor çempionlikka erişişi mumkin böladi.

Bu röy bermagan taqdirda ham Gvardiola mavsumni sovrinsiz yakunlamayapti. Jamoa bu mavsumda allaqaçon Angliya ligasi kubogi va Angliya kubogini qölga kiritgan.

Umuman olganda, Pep jamoadagi 10 yili mobaynida köplab sovrinlarga ega çiqqan.

Maşaqqatli yöl